Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament Quyi palatasi deputatlari oldidagi nutqida yangi davrda parlament chinakam xalq uyi, uning quyi palatasi esa g‘oyalar generatoriga, sog‘lom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanishi kerakligini takidladi.
O‘tgan saylovlarda siyosiy partiyalarning dasturi ham, g‘oyalari ham bir-biridan farq qildi, turli siyosiy mafkuralar kurashi yaqqol ko‘zga tashlanib turdi. Xususan, saylovlar jarayonida ko‘plab debatlar tashkil etilganini xalqimiz va xalqaro kuzatuvchilar alohida e’tirof etdi.
Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi.
Buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda «Hukumat soati» va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni taklif qildi.
Saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Parlament nazorati, avvalo, siyosiy nazoratdir, uning oqibati ham siyosiy mas’uliyat bilan bog‘liqdir. Prezident Qonunchilik palatasiga Hukumat a’zosi hisobotini eshitib, uning yakunlariga ko‘ra, ushbu rahbarni iste’foga chiqarish to‘g‘risida Prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter