Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilmoqda

Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilmoqda

Parlamentning nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarini lavozimga qo‘yish borasidagi funksiyalari kuchaytirilmoqda hamda Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilmoqda. Mazkur tartib Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yiladi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 9-martdagi yig‘ilishida qayd etib o‘tildi.

Qayd etilishicha, yangilanayotan Konstitutsiyada Bosh prokuror, Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanishi, shuningdek Monopoliyaga qarshi organ va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlari Senat tomonidan saylanishi joriy etish taklif etilmoqda.

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzod avval Senat bilan maslahatlashilgandan keyin Prezident tomonidan tayinlanishi tartibi joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimini kiritish taklifi kiritilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring