Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qariyb 51 ming xotin-qizlarga o‘qishga kirishda tegishli tavsiyanomalar berildi

Qariyb 51 ming xotin-qizlarga o‘qishga kirishda tegishli tavsiyanomalar berildi

Joriy yilda mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, o‘rta maxsus yoki professional ta’lim muassasalarini tamomlagan 12 563 nafar talabgorlar tavsiyanoma olish uchun murojaat qilgan.

Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.

Qo‘mitaga ko‘ra, talabgorlarning arizalari tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan qo‘mitaning 2023-yil 14-iyundagi tegishli buyrug‘i bilan 11 992 nafar talabgorlarga tavsiyanoma berilib, 558 nafar talabgorning arizasi rad etilgan.

Shu bilan birga, Hukumatning 2020-yil 23-iyundagi 402-son qaroriga muvofiq joriy yilda ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan 50 668 nafar talabgor xotin-qizlardan ham arizalar (xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali) qabul qilindi.

Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan mazkur arizalar Nizom talablari asosida ko‘rib chiqilib, 38 702 nafar talabgorga tavsiyanoma berish hamda 11 668 nafar talabgorning arizasini rad etish to‘g‘risidagi bayonnomalar tegishli qarorlar bilan rasmiylashtirilib, elektron shaklda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim etildi.

Mazkur hujjatlar asosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining  tegishli buyrug‘i bilan 38 702 nafar talabgorlarga tavsiyanoma berildi.

Hozirda talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar yuborilgan.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring