Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo tog‘larida taxminan 1 200 yillik kuzatuv minorasi aniqlandi (foto)

Qashqadaryo tog‘larida taxminan 1 200 yillik kuzatuv minorasi aniqlandi (foto)

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Tatar tog‘larida taxminan VIII-IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi deya taxmin qilinayotgan ob’yekt aniqlandi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mutaxassislar tomonidan ushbu ob’yekt guvurgon, ya’ni zardushtiylarning daxmasi bo‘lgan degan taxminlar ham ilgari surilyapti.

Muqanna qal’asining qurilish uslubiga o‘xshash tosh minorani atroflicha o‘rganish jarayonida hududda suv tegirmoni qoldiqlari va erigan metall ashyolari topilgan. Bundan mazkur ob’yektdan ma’lum harbiy istehkom yoki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ta’minot sifatida foydalanilgan bo‘lishi mumkin degan xulosalar olinmoqda.
Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan yangi topilgan madaniy meros ob’yekti tarixiy qiymatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring