Qashqadaryo viloyatidagi «Ekotrans» MChJga 17 ta texnika topshirildi

Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan «Ekotrans» MChJga Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 noyabrdagi 748-sonli qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot banki loyihasi doirasida imtiyozli xarid qilingan texnikalar topshirildi.
«Ekotrans» MChJga maxsus zamonaviy chiqindi tashishga mo‘ljallangan 17 dona texnikalar topshirildi.
Hozirda Qashqadaryo viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bilan shug‘ullanadigan 11 ta DXSh va 1ta Klaster faoliyat yuritib kelmoqda.
Qashqadaryo viloyatida Koson tumanida 10 dona, Chiroqchi Ko‘kdala tumanida 10 dona, G‘uzor tumanida 14 dona, Dexqonobod tumanida 8 dona. Kasbi tumanida 17 dona. Kitob tumanida 15 dona, Qamashi tumanida 9 dona, Qarshi tumanida 11 dona, Mirishkor tumanida 7 dona, Muborak tumanida 9 dona, Nishon tumanida 8 dona, Shahrisabz tumanida 16 dona, Shahrisabz shaharda 15 dona, Yakkabog‘ tumanida 18 dona chiqindi tashishga mo‘ljallangan texnikalar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter