Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz tutqunlikda saqlangani aytilgandi. Ayrim tafsilotlari oshkor qilindi

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz tutqunlikda saqlangani aytilgandi. Ayrim tafsilotlari oshkor qilindi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 14 yoshli qiz yetti oy davomida majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelingani iddao qilingan xabarlar tarqalgandi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur holat yuzasidan tezkor ishchi guruh tuzib, o‘rganishlar olib bordi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan T.Ch. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi otasi G‘.J.ning qaramog‘ida ekanligi, onasi X.S. 2023-yil yanvar oyida Rossiyaga ishlash uchun ketganligi va bugungi kungacha yashash manziliga qaytib kelmaganligi aniqlandi.

Jinsiy zo‘ravonlik haqida voyaga yetmagan T.Ch.ning tog‘asi X.M. hududiy IIBga murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro N.A. qizni o‘zining uyida 7 oy davomida majburan saqlab kelib, unga nisbatan zo‘rlik va tahdid orqali turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlariga kirishilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kitob tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan psixolog va pedagoglardan iborat ishchi guruh bugungi kunda voyaga yetmagan T.Ch.ning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash hamda mazkur holatning kelib chiqish sabablari hamda uni bartaraf etish choralari yuzasidan «Ijtimoiy ish» ochgan va holat yuzasidan kompleks o‘rganishlarni davom ettirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring