Qashqadaryoda test imtihonlari vaqtida telefondan foydalanish holati aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda test imtihonlari jarayonida fizika va matematika fanlaridan test savollari aks etgan 6410554 raqamli test topshiriqlari kitobi surati tarqaldi.
DTM bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat joriy yil 12-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalangani videokuzatuv orqali aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, ushbu abituriyent ayni paytda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter