Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryolik 115 yoshli urush qatnashchisi o‘n ming dollar miqdorida pul mukofoti oldi

Qashqadaryolik 115 yoshli urush qatnashchisi o‘n ming dollar miqdorida pul mukofoti oldi

Viloyat hokimi Murotjon Azimov prezident tabrigini o‘qib eshittirdi.

Qashqadaryo viloyatida yashovchi 115 yoshli urush qatnashchisiga o‘n ming dollar miqdoridagi prezident mukofoti yetkazildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov prezidentning tabrigini o‘qib eshittirish uchun eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadoniga tashrif buyurdi.

 

“Qamashilik Ro‘ziboy bobo Sattorov 115 yoshni qarshi olgan bo‘lib, bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov davlatimiz rahbarining tabrigini Ro‘ziboy boboga o‘qib eshittirdi”, — deyiladi xabarda.

Viloyat hokimi Ro‘ziboy Sattorovga prezident mukofoti, o‘n ming dollar miqdoridagi pulni topshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring