Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashganlarni taqdirlash marosimi Toshkentda o‘tkaziladi

Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashganlarni taqdirlash marosimi Toshkentda o‘tkaziladi

Qatar amiri tomonidan ta’sis etilgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotini topshirish marosimi shu yilning oxirida Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Asadovga ko‘ra, tadbirda Qatar davlati rahbariyatining ishtiroki ham kutilyapti.

«Ushbu mukofotni topshirish marosimining Toshkentda o‘tkazilishi, prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida olib borilayotgan katta ishlar va umuman islohotlarining jahon hamjamiyati tomonidan katta e’tirofi timsoli deyish mumkin», – deydi Prezident Matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 1-2-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qatar davlatida bo‘lagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring