Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga nomzod ma’qullandi
Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzod ma’qullandi.
Xabar berilishicha, 2022-yil 29-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini ko‘rib chiqib ma’qulladilar.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter