Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunchilikka pensiya ta’minotiga doir qator o‘zgartirishlar kiritildi

Qonunchilikka pensiya ta’minotiga doir qator o‘zgartirishlar kiritildi

Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-922-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga fuqarolar ijtimoiy himoyasiga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi.

Shuningdek, fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Bundan tashqari, qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.

Shu bilan birga «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunga fuqaroda davlat pensiya ta’minoti huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ma’lumotlar fuqaroning pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring