Qo‘qon va Ko‘kdalada suyultirilgan gaz ta’minotidagi noqonuniy «bunker»lar aniqlandi

«Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta’minoti komlayens nazorat tuzilmalari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holatini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi.
«Ko‘kdalatumangaz» GTB chilangar ta’minotchisi I. N. va haydovchi B. X. tumanning «Chorvador» MFY hududidagi iste’molchilarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan 110 dona maishiy gaz ballonlarni belgilangan tartibda tarqatmasdan, mazkur mahallada yashovchi B. A. xonadoniga 34 dona gaz ballonini tushirayotgani aniqlangan. Shuningdek, ushbu xonadonda 8 dona bo‘sh gaz ballonlari borligi ma’lum bo‘lgan.
Shunga o‘xshash holat Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ham kuzatildi. Qo‘qon shahar Bodomzor ko‘chasida istiqomat qiluvchi S. U. xonadonida maishiy gaz ballonlari qoidalarga zid ravishda saqlanayotgan «bunker» aniqlangan. Xonadon ko‘zdan kechirilganda suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan 35 dona va bo‘sh holdagi 48 dona maishiy gaz ballonlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur ikki holat davomida 1 380 kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.
Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter