Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika bo‘yicha umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati qaytadan tasdiqlandi

Respublika bo‘yicha umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati qaytadan tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan yo‘l xo‘jaligi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish doirasida shahar va boshqa aholi punktlari hududlarining o‘zgarishini inobatga olib, O‘zbekistonning umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini qaytadan ishlab chiqish va tasdiqlashga qaror qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston avtomobil yo‘llarining quyidagi ro‘yxatlari tasdiqlandi:

  • xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari ro‘yxati (11 nomdagi umumiy uzunligi 3 833 kilometr);
  • davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘llari ro‘yxati (240 nomdagi umumiy uzunligi 14 316 kilometr);
  • mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari ro‘yxati (1 818 nomdagi umumiy uzunligi 24 222 kilometr).

Mazkur ro‘yxatlar 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Transport vazirligiga bir oy muddatda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik inshootlari ro‘yxatini tasdiqlash topshirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024-yil 5-iyuldan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring