Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 5,3 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi

Samarqandda 5,3 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi

Samarqand viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Narpay tumanida joylashgan “N. M. T.” MChJga qarashli tosh maydalash sexi o‘zboshimchalik bilan tok transformatorini almashtirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 5 milliard 319 million so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring