Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi 1989 y.t. ukasi bilan o‘zaro til biriktirib, Sayxunobod tumani hududidagi 5 gektar yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan.
DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtlarida ushlandi.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter