Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Mamadiyev Xusniddin Norboyevich tayinlandi.
U 1984-yilda Angor tumanida tug‘ilgan. 2005-yil O‘zbekiston milliy universiteti, 2012-yil Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – sotsiolog, huquqshunos, madaniyat, ta’lim va fan sotsiologiyasi.
X.Mamadiyev mehnat faoliyati davomida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Respublika yoshlar markazi direktori, Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari, Olmazor tuman hokimining o‘rinbosari – «Yoshlik» shaharchasi hokimi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali bosh inspektori lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2022-yildan buyon Prezident ta’lim muassasalari agentiligining viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter