Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda bolalar o‘tirgan attraksionning trosi uzilib ketdi

Surxondaryoda bolalar o‘tirgan attraksionning trosi uzilib ketdi

Joriy yilning 16-aprel kuni Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligining ma’muriy binosi oldida joylashgan istirohat bog‘ida attraksionning trosi uzilib ketdi. Baxtsiz hodisada 2 nafar bola va 2 nafar ayol jabrlangan.

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, jumladan, Termiz shahridagi mazkur istrohat bog‘i «Termiz avenue park» MChJga qarashli bo‘lgani, o‘sha kuni bog‘dagi «Quvnoq tepalik» attraksionida 4 kishilik o‘rindig‘i sinib joyidan yerga qulab tushish natijasida 4 nafar fuqaro turli xil tan jarohatlari olishganini bildirdi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 18-aprelda ro‘yxatga olingan amaldagi «Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari»ga asosan ushbu bog‘dagi mazkur  attraksion mavsum oldidan to‘liq texnik shahodat sinovlaridan o‘tkazilmagan (qoidaning 4-bob,  28-bandi). Attraksionlarning soz holati va ulardan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs ham tayinlanmagan (qoidaning 4-bob, 31-bandi). Shuningdek, attraksionni mavsumga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilmagan (qoidaning 4-bob, 34-bandi).

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, hodisada jabrlanganlar – 11 va 15 yoshli qizlar hamda 27 va 29 yoshli ayollar bo‘lgan.

Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Termiz shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring