Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda gaz quvurida avariya sodir bo‘ldi. 7 ta hudud gazdan uzilib qolgan

Surxondaryoda gaz quvurida avariya sodir bo‘ldi. 7 ta hudud gazdan uzilib qolgan

Bugun, 28-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Bandixon tumanining «Polvontosh» mahallasi hududidan o‘tuvchi «Muzrabot-Dushanbe» magistral gaz quvurining  101-190 km oralig‘idagi D-700 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.

Hozirda «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali tomonidan avariya holatini bartaraf etish va tabiiy gaz ta’minotini tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Avariya sababli bugun soat 6:30 dan Termiz shahri hamda Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Termiz, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.

Voqea joyida tezkor maxsus brigadalar ish olib borishmoqda.

Viloyat hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tarmoqdagi nosozlikni bartaraf etish vaqtida haydovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish chorasi ko‘rilyapti. Jumladan, Denov, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Oltinsoy, Sho‘rchi va Uzun tumanlaridagi metan zapravkalarning 24 soatlik rejimda faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring