Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi
Kecha, 31 avgust kuni Surxondaryoda kaltaklab ketilgan 28-maktab direktori Umida Tursunovaga himoya orderi berildi, unga shikast yetkazgan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Umida Tursunovaga himoya orderi berilgan va uning davolanishi hamda sog‘ligini tiklashi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.
«Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda», – deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, kecha Surxondaryo hokimi bilan tortishgan 28-maktab direktori Umida Tursunova kaltaklab ketilgan edi.
Bugun, 1 sentabr kuni viloyat hokimi U.Tursunovani ko‘rgani borib, unga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning to‘laqonli davolanishini o‘z nazoratiga olganligini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter