Tadbirkorlar huquqlarini himoyasi yangi bosqichda
![Tadbirkorlar huquqlarini himoyasi yangi bosqichda](http://static.xabar.uz/crop/1/6/720_460_95_1670251295.jpg)
Davlat rahbarining an’anaga aylanib ulgirgan har yili avgust oyida o‘tkazilib kelinayotgan Ochiq muloqoti davomida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan ko‘plab tizimli muammolarga yechim topilib, muloqotdan so‘ng berilayotgan imkoniyatlar yangi ish boshlayotgan ko‘plab tadbirkorlarga rag‘batlantiruvchi omil bo‘layotganligi hech kimga sir emas.
So‘nggi o‘tkazilgan Ochiq muloqotdan so‘ng o‘tgan qisqa davr mobaynida ko‘tarilgan muammolar yechimi bo‘yicha bevosita Davlat raxbari tomonidan 3 ta Farmon qabul qilindi.
Ushbu Farmonlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish va ularning mas’uliyatini oshirishdan iborat.
Xususan tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilishni tartibga solish va cheklash maqsadida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati tasdiqlandi va ushbu ro‘yxatga kiritilmagan organlar hamda tashkilotlar tomonidan hamda nazorat sohasida nazarda tutilmagan masalalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida nazorat tadbirlarini o‘tkazish ta’qiqlanishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek Biznes Ombudsmanga har yili 1 fevralga qadar tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidagi tekshiruvlarning qonuniyligi va o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilganligi, tadbirkorlik sub’yektlarining shikoyatlari, tekshiruv huquqiga ega mansabdor shaxslarning attestatsiya natijalari kabi ko‘rsatkichlar asosida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini baholab, «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ularning reytingini e’lon qilib borish vazifasi yuklatildi.
Farmonning qabul qilinishi nazorat organlarining tadbirkorlar faoliyatiga aralashuvining tubdan qisqartirilishi, tekshirishlarni tashkil qilish tizimini yanada takomillashuviga va mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga asossiz aralashuvi uchun javobgarligining kuchaytirilishi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada kuchliroq himoya qilinishini kafolatlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter