Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’mirlash ishlari sabab poytaxtning ayrim hududlari elektr ta’minotidan uziladi

Ta’mirlash ishlari sabab poytaxtning ayrim hududlari elektr ta’minotidan uziladi

Elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 13 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

Yashnobod tumanining:

Yangilik, Muruvvat ko‘chalari, Asalobod hamda “Tuzel” 2-mavzelari, Darxon, Ilg‘or shox, Ilg‘or 2-berk, Mirishkor ko‘chalarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

Sergeli tumanining:

“Sug‘diyona”, “Nog‘oyqo‘rg‘on” hamda “Belariq” MFYlarining qisman hududlarida soat 13:00 gacha;

Mirobod tumanining:

Shahrisabz ko‘chasidagi 38 ko‘p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;

Chilonzor tumanining:

Dilxush, Go‘zal hamda Qizil sharq ko‘chalari hududida soat 18:00 gacha;

Yakkasaroy tumanining:

A.Qahhor, 15-31, 4-, 5-tor, Xumo, Damariq 1-, 2-tor, Glinka ko‘chalarining ayrim hududlarida hamda Kichik halqa yo‘li,  “Qushbegi” dahasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha;

Yunusobod tumanining:

Kulol qo‘rg‘on ko‘chasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi, o‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini ham bildirib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring