Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashabbusli budjet»da bajarilgan ishlar mahalla roziligidan keyingina qabul qilinadi

«Tashabbusli budjet»da bajarilgan ishlar mahalla roziligidan keyingina qabul qilinadi

Mahallani jamoatchilik va davlat organlari o‘rtasidagi tayanch bo‘g‘inga aylantirish maqsadida «Tashabbusli budjet» doirasida bajarilgan ishlarni qabul qilishning yangi tartibi amaliyotgan tatbiq etiladi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni bilan tasdiilangan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturida gap boradi.

Ya’ni, 2024-yil 1-apreldan boshlab «Tashabbusli budjet» doirasidagi loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1-avgustga qadar esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga «Tashabbusli budjet» doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan ma’lumotlar olish, mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini talab qilish hamda loyihalar amalga oshirilishini jamoatchilik tomonidan monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring