Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent avtobuslari Yoshlar kunida yoshlarga pullik xizmat ko‘rsatgan. Holatga izoh berildi

Toshkent avtobuslari Yoshlar kunida yoshlarga pullik xizmat ko‘rsatgan. Holatga izoh berildi

Bugun 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida avtobuslar yoshlarga bir kun bepul xizmat ko‘rsatishiga doir Hukumat qarori qabul qilingan edi. Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt avtobuslari yoshlarga pullik xizmat qilayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ rasmiy munosabat bildirib, ushbu holatni tasdiqlagan.

«Poytaxt bo‘ylab harakatlanayotgan ayrim avtobus yo‘nalishlarida yoshlarga pullik xizmat ko‘rsatish holati kuzatilgan. Hozirda «Toshshahartransxizmat»ning mas’ul xodimlari tomonidan ushbu holat qat’iy nazoratga olingan. Yo‘nalishlarda 30-iyun kuni 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomalar va topshiriqlar berilmoqda», – deyiladi korxona ma’lumotida.

«Toshshahartransxizmat» AJ o‘z o‘rnida yoshlardan o‘z haq-huquqlarini talab qilishlarini so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring