Toshkent — Bo‘stonliq yo‘lida yangi tunnel ochildi
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berishicha, Toshkent shahridan chiqish joyidagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida qo‘shimcha tarmoq yo‘llari qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
Xabarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘lari va Chorvoq suv ombori tomon harakatlanish uchun tunnel ochilgan. Undan o‘tish uchun yo‘ldan o‘ngga qarab ketish kerak. Haydovchilar chorrahada to‘xtab turishlari shart emas, u yerda dam olish kunlari svetoforning bir nechta yonib-o‘chishini kutishga to‘g‘ri keladi.
Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun 4R12 yo‘lidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasiga chiqish tashkil etilgan.
Tunnel orqali og‘ir avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Ular chorrahadan o‘tishlari shart. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilar e’tiborini harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi belgilar mavjudligiga qaratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter