Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent hayvonot bog‘ida 3 ta pushti flamingo jo‘jalari dunyoga keldi

Toshkent hayvonot bog‘ida 3 ta pushti flamingo jo‘jalari dunyoga keldi

Toshkent hayvonot bog‘ida 3 ta pushti flamingo jo‘jalari dunyoga keldi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i xabar berdi.

«Tuxum ochib chiqqan jo‘jalarni ko‘rish juda hayajonli edi: birinchi marta tuxumdan chiqqandan keyin jo‘jalar muvozanatni saqlab, o‘tirishni o‘rganishdi va hozir esa ular ancha tetiklashib, bemalol turishadi va hatto uzun oyoqchalarida harakatlanishadi. Eng qiziq jihati esa: flamingo jo‘jalari juda tez rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar birinchi 9 kun ichida ayniqsa seziladi!», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yosh pushti flamingolar Toshkent hayvonot bog‘ida 2019 yilda olib kelingan bo‘lib, hozir ular voyaga yetgan.

O‘tgan yili pushti flamingolar uya qurishga urinishgan, 2023 yilda esa juftliklar tuxum qo‘yib, jo‘jalarni o‘zlari boqadigan g‘amxo‘r ota-onalarga aylanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring