Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalari uchun 10 ta mobil-radar qurilmasi xarid qilinishi mumkin

Toshkent ko‘chalari uchun 10 ta mobil-radar qurilmasi xarid qilinishi mumkin

Joriy yil 24 oktyabrdagi yig‘ilishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi poytaxt IIBB YHXBning shahar ko‘chalarida tezlikni nazorat qiluvchi ko‘chma (mobil) foto-radar qurilmasini xarid qilishga doir taklifiga rozilik bildirgan.

Kengash qabul qilgan qarorga ko‘ra, bunda IIBB xarid bo‘yicha mablag‘ ajratish masalasini Toshkent shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiyasiga taklif kiritishi kerak.

Shuningdek, tegishli idoralar rasmiylariga poytaxtning to‘xtash va to‘xtab turish mumkin bo‘lmagan joylarida qoidabuzarlik sodir etgan shaxslarning transportini evakuator bilan jarima maydoniga qo‘yish tartibini joriy etish bo‘yicha vakolatli organlarga taklif kirish vazifasi qo‘yilgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi yig‘ilishida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt hududida 2024 yil birinchi yarim yilligida 853 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 foizga kamaygan.

Ushbu yo‘l-transport hodisalarida 63 nafar shaxs vafot etgan va 790 nafar shaxs jarohat olganligi qayd etilgan. Jami YTHlar poytaxtning Chilonzor (121 ta), Yunusobod (119 ta) va Yashnobod (88 ta) tumanlarida salmog‘i yuqori bo‘lib, shahar bo‘yicha jami YTHlarning 38,5 foizi (328 tasi) aynan ushbu tumanlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu o‘z navbatida mazkur muammoli masalaga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring