Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent supermarketlaridagi narxlar o‘zgarishi o‘rganildi

Toshkent supermarketlaridagi narxlar o‘zgarishi o‘rganildi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi. 

Monitoring natijalari 7 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi (12-oktyabr va 9-noyabr kunlari o‘tkazilgan monitoring natijalari).

Shunday qilib, qizil sabzining narxi 42,1 foiz, limonning narxi 39,0 foiz, oq karamning narxi 16,7 foiz, sutning narxi 14,9 foiz, bananning narxi 12,3 foiz, kungaboqar yog‘ining narxi 9,7 foiz, kartoshkaning narxi 6,4 foiz pasaygan.

9 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Ularning orasida guruch, bug‘doy uni, shakar va boshqalar bor.

5 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Xususan, bodring va pomidor qimmatlashgan. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq. Shuni ta’kidlash kerakki, xuddi shunday dinamika o‘tgan yili ham kuzatilgan, bu esa ushbu hodisaning takrorlanishi va uning bozor tendensiyalariga ta’siridan dalolat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring