Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 700 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘riligi fosh qilindi

Toshkent viloyatida 700 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘riligi fosh qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va «Qibraytumangaz» filiali xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi «F.F.» MChJ rahbari Z.G‘. va boshqalar MChJning qum quritish sexida gaz tarmog‘idan tamg‘alash yo‘li bilan uzilgan bo‘lsada, o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida tarmoqqa qayta ulanib, yuqori quvvatdagi sertifikatlanmagan gaz yondirgichdan foydalangan holda 553,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Shuningdek, Departamentning Quyichirchiq tuman bo‘limi tomonidan «Quyichirchiqtumangaz» GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvda «Sirg‘ali» MFYda yashovchi A.O. o‘z uyining 24 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 149,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring