Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent-Xojikent» yo‘nalishidagi elektropoyezd qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatildi

«Toshkent-Xojikent» yo‘nalishidagi elektropoyezd qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatildi

«Toshkent-Xojikent» yo‘nalishidagi elektropoyezd qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi xabar bermoqda.

Rasmiy tushuntirishga ko‘ra, vaqtinchalik to‘xtatilayotgan elektropoyezd qatnovi harakat tarkibini modernizatsiya qilish ishlari bilan bog‘liq.

Mazkur yo‘nalishda joriy yil 8-noyabrdan quyidagi reyslar bekor qilingan:

  • 6435/6436-sonli «Toshkent — Xojikent — Toshkent» yo‘nalishi;
  • 6441/6442-sonli «Toshkent — Xojikent — Toshkent» yo‘nalishi.

Kompaniya foydalanuvchilardan keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Mazkur yo‘nalishda avvalroq ham bir nechta poyezd qatnovlari bekor qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Toshkent-Chirchiq-Xojikent» tezyurar shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi 2022-yilning 24-sentyabrdan boshlab joriy etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring