«Guliston-Toshkent-Chinorkent» yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Endi Guliston shahridan Toshkent viloyatining Bo‘stonlik tumanidagi Chinorkent bekatigacha tez yurar elektropoyezd qatnaydi.
Ushbu zamonaviy transport vositasi 586 o‘rindiqli bo‘lib, tik turgan yo‘lovchilar bilan birga mingdan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Qayd etilishicha, elektropoyezd Gulistondan Chinorkentgacha bo‘lgan masofani 3 soat 30 daqiqada bosib o‘tadi.
- Yo‘l haqi Gulistondan Toshkentgacha 20 ming so‘m, Gulistondan Chinorkentgacha kattalar uchun 40 ming so‘m, bolalar uchun esa 23 ming so‘m.
To‘lovni ATTO transport kartasi orqali yoki temiryo‘l chiptaxonalaridan amalga oshirish mumkin.
Elektropoyezd har kuni qatnaydi. Uning harakat jadvali quyidagicha:
- Gulistondan jo‘nash: 06:11;
- Chinorkentdan qaytish: 15:43.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter