Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 30 ta «Howo»ning pulini «uxlatganlar» ushlandi

Toshkentda 30 ta «Howo»ning pulini «uxlatganlar» ushlandi

Toshkent shahridagi «G.K.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar tijorat banki filialidan ajratilgan 18 mlrd so‘m kredit evaziga «M.R. » MChJga 30 dona «Howo» rusumli maxsus texnikalarni yetkazib bermasdan, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh etilgan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «A.V.» MChJ mas’ul shaxslari tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan 85 bosh naslli qoramollarni sotib yuborib, 2,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek 787,4 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, bankning amaliyot bo‘limi mas’ul shaxslari kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan 3,5 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulklarni asossiz garovdan chiqarib yuborganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring