Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 36 yoshli ayolni poyezd urib ketdi: u shifoxonada vafot etgan

Toshkentda 36 yoshli ayolni poyezd urib ketdi: u shifoxonada vafot etgan

Toshkent shahrida 36 yoshli ayolni poyezd urib ketdi.

Xabar qilinishicha, 23-avgust kuni soat 02:00 larda Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida 1988-yilda tug‘ilgan, 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan ayolni poyezd urib ketgan.

«Voqea joyiga tez tibbiy yordam va ichki ishlar organlari xodimlari yetib borgan. Ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan», – deyiladi «Millar» dasturida.

Shifoxonada ayolda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Unga bir necha kun davomida tibbiy xizmat ko‘rsatilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Lavhada ayolning poyezd yo‘liga nima sababdan chiqib ketgani aytilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring