Toshkentda «Mercedes-Benz» avtobusi yonib ketdi

Kecha, 29 aprel kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani «Rakat» mahallasi «Muqumiy» ko‘chasida 2-yo‘nalishdagi harakatlanib ketayotgan «Mercedes-Benz» rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:01 da yetib borib, yong‘in soat 14:08 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas