Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi

Bugun, 17-oktyabr kuni Toshkent shahri Olmazor tumani prokuraturasi binosida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xodimi o‘ziga biriktirilgan qurol bilan o‘z joniga qasd qilgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv tayinlangan.

Hozircha, xodimning o‘z joniga qasd qilgani sabablari ma’lum emas.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring