Toshkentda narkotik kanal e’lonlarini tarqatgan yigitlar qamaldi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi Telegram kanal reklamasini yopishtirib yurgan shaxslar ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanadigan Telegram kanalni targ‘ib qiluvchi reklama varaqalarini va bannerlarni shaharning turli joylaridagi ustunlar hamda devorlarga yopishtirib yurishgan.
«Menga Telegram orqali aloqaga chiqib, «Rossiyada ish» degan banner borligini aytishdi va uning narxi haqida so‘radi. Keyin ular mendan manzilimni so‘rab, ikki kishini mendan bu bannerlarni olib ketish uchun yuborishdi», – deya tushuntirish berdi reklama materiallarini chop etgan shaxs.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-2-moddasi asosida xujjatlar rasmiylashtirildi.
Huqubuzarlarning qilgan qilmishlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida ko‘rib chiqilib, ularga nisbatan 15 sutkalik qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter