Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning yana 7 ta ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etiladi

Toshkentning yana 7 ta ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etiladi

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va yo‘lovchilar vaqtini tejash maqsadida Toshkent shahridagi 7 ta ko‘chada avtobus yo‘lagi joriy etiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

«Hozirda mavjud 53 km uzunlikdagi avtobus yo‘laklariga qo‘shimcha ravishda yana umumiy uzunligi 18 km bo‘lgan 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar joriy etilishi natijasida mazkur ko‘cha bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha ko‘tarilib, 29 foizga yaxshilangan.

Natijada ushbu yo‘laklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yo‘lovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring