Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘yda 200 dollar uchun yo‘l talashganlar va kuyov 15 sutkaga qamaldi

To‘yda 200 dollar uchun yo‘l talashganlar va kuyov 15 sutkaga qamaldi

Joriy yilning 12-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan A.N. o‘zining nikoh to‘yida kelin va kuyov o‘tirgan Mercedes mashinasi ortidan yetib borgan to‘y sayli ishtirokchilariga 200 dollar va’da qilgani va oqibatda to‘yxonaga yaqin hududda to‘y kortejidagi jami 9 ta mashina bir-biri bilan to‘qnashuv sodir etgani xabar qilingan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB axborot xizmati inspektori T.Utemuratovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan matearillar to‘plani Nukus shahar sudiga yuborilgan.

Sud mazkur ish doirasida kuyov boshliq jami 14 nafar fuqaroga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinlagan. 

To‘y kortejida avtomobillar oynasidan tanalarini chiqarib harakatlangan 4 nafar yo‘lovchining ishi esa sudda ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring