Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kompaniyasi Kitob tumanida zamonaviy osma dor yo‘li quradi

Xitoy kompaniyasi Kitob tumanida zamonaviy osma dor yo‘li quradi

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida osma dor yo‘lini qurish uchun 15 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda «CAMC Engineering» kompaniyasi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari yanada jadallashtirish va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yiliga 200 ming xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatadigan «Qaynar» turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish, jumladan, hududning xalqaro darajadagi master-rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Shuningdek, mazkur hududda 15 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish asosida zamonaviy osma dor yo‘lini qurish bo‘yicha kelishuv hujjati imzolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring