Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda taksichini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi

Yangiyo‘lda taksichini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi

Joriy yil 4-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan 25 yoshli yigitni o‘ldirib, so‘ng uning mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura matbuot kotibining Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, voqeaga ular o‘rtasidagi pul qarzi sabab bo‘lgan.

Gumonlanuvchi jinoyat ishi doirasida Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 267-moddalari (Transport vositasini olib qochish) bilan tergovga jalb qilindi. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, marhumning jasadi yonayotgan mashinadan 300 metr uzoqlikdan topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring