Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishning yangi muddatlari kelishib olinadi

Yaponiya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishning yangi muddatlari kelishib olinadi

Yaponiya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishning yangi muddatlari kelishib olinadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ma’lum bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro‘y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.

«O‘zbekiston Yaponiya tomonining «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinchi sammitini o‘tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishi ta’kidlandi.

Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi», – deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin, kuchli zilzila xavfi tufayli Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishidaning 9-12 avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan to‘rt kunlik safarini bekor qilgani haqida xabar berilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring