Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«ZO‘R TV» muxbiri va tasvirchisini kaltaklagan amaldor sudlandi

«ZO‘R TV» muxbiri va tasvirchisini kaltaklagan amaldor sudlandi

Shu yilning avgustida Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgan, voqea joyidan reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan Zo‘r TV jurnalistlar noma’lum shaxs tomonidan kaltaklangandi. Keyinchalik ushbu shaxs «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Ko‘prikqurilish» tresti UK 67-Ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi ekani ma’lum bo‘lgandi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalga videoda amaldor OAV xodimlarini haqoratlab, ishchilariga ularni qurilish maydonidan chiqarib yuborishni buyurgani, so‘ngra kamera ko‘targan operatorga tashlangani aks etgandi.

Oliy sud matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 2023-yil 6-dekabrdagi hukmi bilan 1987-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Ko‘prikqurilish» tresti UK 67-Ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi lavozimida ishlagan N.Eshniyazov Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

«N.Eshniyazovga to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llangan holda hukm shartli hisoblanib, ikki yil sinov muddati belgilandi.

Sud qarorida dastlabki tergov jarayonida N.Eshniyazov tomonidan yetkazilgan zararni qoplash uchun IIV Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining depozit hisob raqamiga to‘langan 23 755 641 so‘m pul mablag‘lari «ZO‘R TV»foydasiga undirilishi belgilandi» deydi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring