Alkogoldan zararlangan jigarni qanday tiklash mumkin?
Kefir, qatiq, smetana va yogurt ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, ular ichkilikbozlikdan keyin jigarni tiklash qobiliyatiga ega. Buning qanday sodir bo‘lishi haqida quyida bilib olasiz.
Kefir spirtli ichimliklar ichgandan so‘ng jigarni tiklashga ijobiy ta’sir qiladi. Bu haqda o‘zlarining g‘ayrioddiy eksperimentlariga tayanib xitoylik olimlar ma’lum qilmoqda.
Tadqiqotchilar bir necha oy davomida sichqonlar ozuqasiga spirtli ichimliklarni qo‘shib, ularning sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarni kuzatishgan. So‘ngra hayvonlar ozuqasiga fermentlangan turli sut mahsulotlarini aralashtirishgan. Aniqlanishicha, kefir, aniqrog‘i, uning tarkibidagi Lactobacillus rhamnosus guruhiga mansub bakteriyalar jigar faoliyatini yaxshilashda nihoyatda ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Ushbu tajriba asosida xitoylik olimlar spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilgandan keyin kefir iste’mol qilish jigarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi degan xulosaga kelishdi: bu uning sog‘lomlashishiga yordam beradi va unda yog‘ hujayralarining to‘planishini kamaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter