Bu yorliqlar nimani anglatadi?
Supermarketlarda (yoki bozorlarda) ayrim meva-sabzavotlarga yopishtirilgan kichkina qog‘oz etiketkalar (yorliqlar)ga ko‘zingiz tushganmi? Xo‘sh, bu nega kerak?
Ma’lum bo‘lishicha, mahsulot yetkazuvchi o‘z nomini tanitishdan tashqari, iste’molchi uchun muhim ma’lumotlarni ham ana shu mitti qog‘oz bo‘lagiga joylaydi.
Bu raqamlarning nomi — PLU-kod (Price-Look Up).
3 yoki 4 dan boshlanuvchi to‘rt xonali xod
Agarda yorliqda to‘rt xonali raqam bo‘lsa, bilingki, meva yoki sabzavotga maksimal darajada agrotexnik ishlov berilgan, xususan, o‘g‘itlar bilan to‘yintirilgan, turli pestitsidlar ishlatilgan.
8 dan boshlanuvchi besh xonali kod
Bu mevalar gen injeneriyasi texnologiyalari — ko‘pchilikda shubha uyg‘otuvchi GMO mahsuli. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, GMO texnologiyasi ko‘pincha qovun, banan, papayyada qo‘llanilmoqda.
9 dan boshlanuvchi besh xonali kod
Bu raqamlar meva-sabzavot oddiy dehqoncha usulda yetishtirilganini anglatadi: hech qanaqa GMO, hech qanaqa kimyo ishlatilmagan. Bular organik mahsulotlar hisoblanadi.
Agar PLU-kod bo‘lmasa-chi?
Albatta, PLU-kod har doim ham ishlatilmaydi. Masalan, o‘zimizda yetishtirilgan mahsulotlarda.
Ammo chet eldan keltiriladigan meva-sabzavotlarni xarid qilishda iloji boricha qog‘oz yorliqchasi borlarini tanlashni maslahat beramiz. Xorij standartlari bo‘yicha, mahsulotda raqamli kod bo‘lishi shart, PLU-kod yo‘qmi, demak, ular atayin «tozalangan». Bu nima uchunligini bilish qiyinmas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter