Chak-chak, qushtili eng zararli shirinlik hisoblanadimi?
Mutaxassis «Eng zararli shirinlik qaysi?» degan savolga javob berdi.
— Umumiy formulaga tayanish mumkin: tarkibi qancha murakkab bo‘lsa, shuncha zararli, — deydi shifokor-diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Lyudmila Zotova.
«AIF»ning yozishicha, yog‘da qovurilgan shirinliklar eng zararlisi hisoblanadi (ponchik, chak-chak, qushtili). Chunki ko‘p miqdorda shakar va transyog‘lar qorishib ketadi. Ikkinchi o‘rinda — drojjali xamirdan tayyorlangan desertlar. Uchinchi o‘rinda — shokoladli batonchiklar, kremli tortlar. Mikrobiologiya nuqtai nazaridan oqsilli (xom yoki yaxshi pishmagan tuxum oqi) va sutli desertlarning bari xavfli. Har tomonlama eng bezarar shirinliklar — marmelad, pastila, zefir (kimyoviy moddalardan emas, agar-agardan tayyorlangani) va qora shokolad. Umuman olganda, monoshirinlik (shokoladli plitka, murabbo, asal) murakkab tarkibli desertlardan ko‘ra yaxshiroq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter