Chekish miya hajmini kichraytiradi
AQShning Vashington universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, chekish miya hajmining kichrayishiga olib kelishi mumkin. Natijalar Biological Psychiatry jurnalida chop etildi.
Tadqiqot inson biologik namunalarining eng katta zahirasi saqlanadigan Britaniya Biobankidan olingan 40 mingdan ortiq odam ma’lumotlariga tayanib o‘tkazildi. Mutaxassislar 32 094 nafar insondagi miya hajmi, chekish tarixi va ushbu yomon odatga moyilligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, chekish miya hajmining kichrayishiga hissa qo‘shishi mumkin. Bundan tashqari, bu ta’sirning jiddiyligi dozaga bog‘liq – odam kuniga qancha ko‘p sigaret cheksa, miya shunchalik qisqaradi. Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, miya hajmining pasayishi biologik qarish belgisi va xotira yomonlashuvining rivojlanishi demak.
Olimlar, shuningdek, bunday o‘zgarishlar tiklanmasligini ta’kidlamoqdalar. Ya’ni sobiq chekuvchilarning miya hajmi chekmaydiganlarnikiga to‘g‘ri kelmadi, hatto sigaretani tashlaganiga ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter