Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet mamlakatlarda sayyohlarni qanday «shilishadi?»

Chet mamlakatlarda sayyohlarni qanday «shilishadi?»

Foto: «Day.az»

Ehtiyot bo‘lgan yaxshi, ayniqsa, begona yurtlarda. Ayniqsa, cho‘ntagingizga... «Day.az» uch mamlakat misolida sayyohlarni do‘konlarda qanday laqillatishlarini yoritdi.

Chex cheklari

Chexiya — qishki eng ommaviy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri, garchi mutlaqo xavfsiz sanalsa-da, ayrim g‘alati jihatlari bor. Agarda Chexiya borsangiz doim cheklarni tekshirib yurganingiz ma’qul, hatto supermarketlarda ham. Kassada o‘zingiz olganingizdan ham ko‘p narsalarni (savatga emas, chekka) tiqishtirib yuborishlari mumkin.

Kassadan uzoqlashmasdan chekni tekshirib oling, iloji boricha bir yo‘la ko‘p narsa olmaslikka harakat qiling.

Turkcha hiyla

Turkiyada narsalarni liradan tashqari, dollar va yevroga ham sotaverishadi. Turistgayam shunisi ma’qulda, nima qiladi tiqilinchda sarroflarni qidirib...

Ustamon turk sotuvchilari valyuta kurslarini qanday «boshqarish»ni bilishadi. Basharangizga qarab ham bitta tovarning narxini har xil valyutada bir xil narxda aytishlari hech gapmas. Shoshilmang, boshqa nasalarning narxlariga solishtiring, qaysi valyutada, necha pul...

Vetnamcha matematika

Qishki o‘lkalardan Vetnamga borishni yaxshi ko‘rishadi, serquyosh, arzonchilik, ekzotika.

Bu mamlakatning kichkina do‘konchalarida narxlarni yozish urf emas. Narxi borini ham sotuvchi ko‘zingizni shamg‘alat qilib almashtirib qo‘yishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring