Infarkt yaqinlashayotganidan ogohlantiruvchi 3 belgi
Yurak dardi xavflilik darajasi eng yuqori bo‘lgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Ammo, shunga qaramay, ko‘pgina odamlar falokatning oldini olish uchun organizm tinmay yuborayotgan signallarga ahamiyat berishmaydi. Yaqinlashib kelayotgan infarktni o‘tkazib yubormaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Ko‘krak qafasidagi jizillatadigan og‘riq
Bu — stenokardiya, infarktdan xabar beruvchi eng xavfli alomatdir. 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas, bu og‘riq infarktga olib kelishi hech gap emas. Shuningdek, oshqozon yoki bo‘yindagi shunga o‘xshash og‘riqlarga e’tibor berish kerak.
Ko‘krak qafasidagi o‘qtin-o‘qtin og‘riq
Yaqinlashib kelayotgan infarktning eng keng tarqalgan belgilaridan biri — ko‘krak qafasida to‘satdan paydo bo‘lib, yo‘qoladigan og‘riq. Agar ushbu alomatni sezsangiz, kechiktirmasdan shifokorga murojaat qiling.
Noaniq belgilar
Ular ko‘pincha e’tiborga olinmaydi yoki boshqa kasalliklar bilan aralashtiriladi. Lekin ularga, albatta, e’tibor berish kerak. Infarktdan taxminan bir kun oldin yurakning qattiq urishi, to‘satdan ko‘ngil aynish, qayt qilish, lab atrofi ko‘karishi, quvvatsizlik kabi alomatlar kuzatiladi. Ushbu belgilar alohida yoki birgalikda qayd etilishi mumkin. Ularni e’tiborsiz qoldirmasdan, mutaxassisga murojaat qilish kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter