Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kontakt linzalarning xavfi nimada?

Kontakt linzalarning xavfi nimada?

Foto: «Prozrenie.ru»

So‘nggi paytlarda kontakt linzalar juda ommalashdi. Kimdir ularni ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda qulayroq vosita hisoblasa, yana kimdir ko‘zoynak yuz qiyofasini xunuklashtirib yuborishidan xavotirlanib, ularni tanlaydi.

«Rambler»ning yozishicha, kontakt linzalardan muntazam foydalanish ko‘rish qobiliyati yomonlashishiga, ko‘z to‘qimasi qurishi va buzilishiga olib kelishini ko‘pchilik hatto xayoliga ham keltirmaydi.

Ko‘z qurishi kontakt linzalarni noto‘g‘ri ishlatganda hamda ulardan foydalanish qoidalariga amal qilmaganda kelib chiqadi. Ulardan kuniga belgilangan 6 soatdan ortiq foydalanish taqiqlanadi.

Biroq hatto barcha tavsiyalarga amal qilinganda ham, asoratlar kelib chiqishi hech gap emas.

Quruq ko‘z sindromi — ko‘rish qobiliyatini kontakt linzalar bilan to‘g‘rilashning doimiy hamrohlaridan biri. Noxushlik, og‘riq hissi, achishish — muntazam kontakt linzalarni ishlatishning oqibati.

Faqat noxushlik bilan cheklansa, omad deb hisoblash mumkin. Quruq ko‘z sindromi — muguz parda yallig‘lanishi (jumladan, surunkali) rivojlanishi hamda uning qattiqlashishi va qatlamlashishi, kon’yuktivada toshma paydo bo‘lishi, shuningdek, unchalik jiddiy bo‘lmagan oftalmologik kasalliklar uchun dastlabki sharoit hisoblanadi.

Noxush asoratlar kelib chiqishining oldini olish uchun olgan jarohatlarning tezroq tiklanishiga yordam beradigan hamda ko‘zni yetarli darajada namlab turadigan maxsus eritmalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring