Koronavirus profilaktikasida sitrus mevalar foydasiz — ekspert
Viruslar, jumladan, koronavirus profilaktikasida va undan davolanishda sitrus mevalarni iste’mol qilish yordam bermaydi. Rospotrebnadzor Markaziy epidemiologiya ilmiy tadqiqotlar instituti molekulyar diagnostika markazi yetakchi eksperti Mixail Lebedev bu haqda «RIA Novosti»ga ma’lum qilgan.
«Sitrus mevalar umumiy immunitetni mustahkamlovchi, tana haroratini pasaytiruvchilar deb hisoblanadi. Ammo xuddi boshqa nafas yo‘llari orqali yuquvchi kasalliklarda bo‘lgani kabi, koronavirus profilaktikasida ham muhim ahamiyatga ega emas», — dedi Lebedev.
Koronavirusga qarshi eng yaxshi chora, birinchi navbatda, gavjum joylarga bormaslik, yo‘talayotgan va aksa urayotgan odamlardan iloji boricha uzoqroq yurish, dedi ekspert. Koronavirus bilan kasallanganlar yoki karantindagilar bilan yaqin muloqotda bo‘lishni-ku aytmasayam bo‘ladi.
«Jamoat joylaridan qaytishingiz bilan qo‘llaringizni sovunlab yaxshilab yuving, burningizni suvda chaying», — eslatib o‘tdi ekspert.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter