Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘katlar kuzda immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi – diyetolog

Ko‘katlar kuzda immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi – diyetolog

Ko‘katlarni iste’mol qilish kuzgi shamollash paytida immunitetni mustahkamlashga yordam beradi, deydi tibbiyot fanlari nomzodi, diyetolog Andrey Bobrovskiy.

Uning ta’kidlashicha, o‘simlik dunyosi qish arafasida ozuqa moddalarini to‘playdi, shuning uchun bu faslda yetishtirilgan ko‘katlar organizm uchun alohida ahamiyatga ega.

«Kuzda ko‘katlar qishdan omon qolish uchun maksimal darajada foydali moddalarni jamlaydi. Bu salatlar va boshqa taomlarni tayyorlash uchun ishlatadigan ko‘katlarga ham tegishli. Shu bois ratsionga ko‘katlarni kiritish immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi, ayniqsa bu gripp mavsumida juda muhim.

Chunki ko‘katlar immunitet tizimini mustahkamlashga va organizmni infeksiyalardan himoya qilishga yordam beradigan vitamin C va antioksidantlarga boy. Rayhon, arpabodiyon va petrushka (kashnichsimon o‘simlik)ni tez-tez iste’mol qilib turish kuz mavsumiga xos shamollash va virusli kasalliklarga qarshi kurashishda yaxshi samara beradi», – deb tushuntirgan diyetolog.

Mutaxassis ko‘katlar terib olingandan so‘ng har soatda ular foydali fazilatlarining o‘n foizigacha yo‘qolishini eslatib, imkon qadar yangi uzilgan ko‘katlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring